SIUT qoshidagi Koreya texnologiyasi va madaniyati institutining ilk talabalari ekologik aksiyada ishtirok etdilar
Koreya texnologiyasi va madaniyati instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan ekoaksiyadan ko‘zlangan maqsad: “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari”, “Dizayn” va “Raqamli iqtisodiyot” yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan 1-bosqich talabalarini Koreyaning o‘ziga xos madaniyati va koreys “ekologik fenomeni” bilan tanishtirishdir.
Talabalar Samarqand yuragi – Registon maydonining yaqinida to‘plandilar va tadbir dasturiga ko‘ra, 5 guruhga bo‘lindilar. Kuratorlar boshchiligida har bir jamoa Registon atrofini tozalashga kirishdi va shu bilan aksiyaning asosiy maqsadi – birdamlik va jamoaviylik muhitni mustahkamladi!
Ekoaksiya tashkilotchilarining so‘zlariga ko‘ra, Ulug‘bek madrasasida talabalar uchun ochiq havoda tashkil etilgan bir soatlik flesh-mob (meditatsiya) aksiyasi ishtirokchilarda katta taassurot uyg‘otdi.