Tarqalgan videoda Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy boshqarmasi Ekologik nazorat inspektsiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan tekshiruv jarayoni yozib olingan. Kadrlarda Buvayda tumani hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Saidjon Xizirov ekoinspektorning daraxt kesilishini to‘xtatishga qaratilgan harakatlariga to‘siq qilayotgani ko‘rinadi.
Buvayda tumanida ekoinspektor “zamhokim” tomonidan kaltaklanibdi. Hozir daraxtlar hayotimiz qutqaruvchisi bo‘layotgan bir paytda, bunday zamhokimlar o‘ta qattiq javobgarlikka tortilishi shart.
Tarqalgan videoda Farg‘ona viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy boshqarmasi Ekologik nazorat inspektsiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan tekshiruv jarayoni yozib olingan. Kadrlarda Buvayda tumani hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari Saidjon Xizirov ekoinspektorning daraxt kesilishini to‘xtatishga qaratilgan harakatlariga to‘siq qilayotgani ko‘rinadi.
Shuningdek, o‘rinbosar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari inspektorni kaltaklayotgani va keyinchalik kuch bilan hududdan olib chiqib ketayotgani tasvirlangan.
Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi voqeaga munosabat bildirgan, biroq bosim haqida hech narsa demagan.