Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Salar ko‘chasida, 3-tupik yaqinida olib borilayotgan kanalizatsiya tarmoqlarini yotqizish ishlari yuzasidan murojaat kelib tushdi. Murojaatchining ta’kidlashicha, ishlar davomida baland va sog‘lom daraxt kesilgan, qazishdan keyin esa tuproq va boshqa qoldiqlar hududdan olib chiqilmagan.