Oqibatda minglab daraxtlar, noyob o‘simlik va hayvonot dunyosi zarar ko‘radi, ekologik muvozanat izdan chiqadi. Shu bois har bir fuqaroning tabiatga bo‘gan mas’uliyatli munosabati muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiling, ochiq olov yoqmang, yonuvchan chiqindilarni tashlab ketmang.
Hududiy davlat o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan yong‘inlarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar, doimiy kuzatuv va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Biroq tabiatni asrash borasidagi eng muhim omil – bu har birimizning mas’uliyatli xatti-harakatimizdir.
O‘rmon yoki boshqa yashil hududlarda yong‘in alomatlarini sezsangiz, 1101 qisqa raqami orqali Favqulodda vaziyatlar xizmatiga darhol xabar bering.
Unutmang! Bugun asrab qolingan har bir daraxt — ertangi musaffo havo, barqaror ekologik muhit va kelajak avlod uchun bebaho merosdir.
O‘rmonlarimizni birgalikda asraylik!


