Mazkur tanlov "Nestlé" kompaniyasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi hamda Respublika ta’lim markazi bilan hamkorlikda taşkil etildi. Özbekistondagi maktablarda “Salomatlik yönalişlari” ta’lim dasturi doirasida ilk bor ötkazilgan tanlov mamlakatning turli hududlaridan 400 nafardan ortiq iştirokçini birlaştirdi.


“Bolalarga ekologik tarbiya beriş mas’uliyatli jamiyatni şakllantiriş va mamlakat tabiiy resurslarini asraşning muhim qismidir. Özbekistonda bu masalaga tobora köproq e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Yoş avlodga tabiatni nima uçun asraş kerakligini tuşuntiriş bilan çeklanib qolmasdan, bolalar ekologik taşabbuslarda özlari iştirok etişi va öz harakatlarining natijalarini körişi uçun şaroit yaratiş ham zarur. “Öz boğingni özing yarat” kabi loyihalar ekologik madaniyatni erta yoşdan rivojlantirişga yordam beradi va atrof-muhitga ğamxörlik har bir insonning aniq harakatlaridan boşlanişini körsatadi”, — dedi Ekologiya milliy qömitasi raisi maslahatçisi Lola Rahmonboyeva.

“Öz boğingni özing yarat” tanlovi maktab öquvçilari orasida ekologik madaniyatni rivojlantiriş va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatni şakllantirişga qaratilgan. Öquvçilar pedagoglar bilan birga bolalar va kattalar tabiatni qanday asraşi mumkinligiga bağişlangan ekologik plakatlar tayyorlab, öz işlarini dastur saytiga joylaştirdilar. Ğoliblar hakamlar hay’ati a’zolari hamda tomoşabinlar tomonidan aniqlandi.

 
Ma'lumot uçun, “Salomatlik yönalişlari” ta’lim dasturi Özbekistonda "Nestlé for Healthier Kids" global taşabbusi doirasida amalga oşiriladi. U maktab öquvçilariga foydali odatlarni şakllantiriş, muvozanatli ovqatlaniş tamoyillari bilan tanişiş va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni rivojlantirişga yordam beradi. “Öz boğingni özing yarat” tanlovi uşbu işlarning amaliy davomi bölib, öquvçilarga olgan bilimlarini amalda qöllaş imkonini berdi.

“Nestlé uçun bolalar salomatligi haqida qayğuriş erta yoşdan foydali odatlarni şakllantirişga kompleks yondaşuvni anglatadi. Bu yondaşuv muvozanatli ovqatlaniş, soğlom turmuş tarzi va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat haqidagi bilimlarni birlaştiradi. Uşbu tamoyillar “Salomatlik yönalişlari” dasturining asosini taşkil etadi. “Öz boğingni özing yarat” kabi tanlovlar orqali biz maktab öquvçilari uçun ta’lim jarayonini qiziqarli qilişga va pedagoglarning işini qöllab-quvvatlaşga intilamiz. Ayniqsa, ota-onalarning ham iştirok etgani biz uçun juda qadrlidir: maktablar bilan birgalikda salomatlik va tabiatga ğamxörlikni butun oila uçun umumiy mavzuga aylantirişimiz mumkin”, — dedi "Nestlé" kompaniyasining Özbekistondagi boş direktori Sergey Lysiuk.

 
Tanlov yakunlariga köra, birinçi örinni Jizzax şahridagi 3-sonli umumiy örta ta’lim maktabining 3-“A” sinfi, ikkinçi örinni şu maktabning 3-“B” sinfi, uçinçi örinni esa Jizzax şahridagi 19-sonli umumiy örta ta’lim maktabining 3-“A” sinfi egalladi. Şuningdek, tanlov laureatlari hamda tomoşabinlar ovozi natijalariga köra aniqlangan “Tomoşabinlar e’tirofi” nominatsiyasi ğolibi ham taqdirlandi. Ğoliblarga diplomlar, esdalik sovğalari va öz maktablari hududida ekiş uçun köçatlar topşirildi.
 
Taqdirlaş marosimidan söng öquvçilar, pedagoglar, ota-onalar va tadbir mehmonlari 3-sonli maktab hududida birgalikda 100 tup daraxt ekdilar. Bu bolalar uçun özlari ta’lim oladigan va vaqtlarini ötkazadigan hududni kökalamzorlaştirişda bevosita iştirok etiş imkoniyati böldi.
 
Mazkur ekologik aksiya bolalarga ekologik ta’lim beriş sohasida davlat taşkilotlari, maktablar va biznes hamkorligining namunasi böldi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar salomatlik va tabiatga ğamxörlik maktab hayotining bir qismiga aylanadigan ta’lim muhitini rivojlantirişga xizmat qiladi.