‼️ Ushbu shaxs o‘zining xususiy uyida muntazam ravishda itlarni, jumladan o‘zining itlarini ham, shafqatsizlarcha o‘ldirib, ularning go‘shtini iste’mol qilib kelgan. Ishongan, yonida yashagan va xiyonatni kutmagan jonivorlarni. Bundan tashqari, u bu itlardan tug‘ilgan kuchukchalarni ham so‘ygan.
Yangiyo‘lda hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik holati aniqlandi
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida bir fuqaro o‘z itini go‘shti uchun o‘ldirgani haqida Mehr va Oqibat Hayvonlarni himoya qilish jamiyati
xabar berdi. Mazkur holat yuzasidan “Ekolog” jamoat birlashmasi tomonidan tezkor o‘rganish ishlari olib borildi. Tashkilot direktori Nargis Qosimova ma’lum qilishicha, surishtiruvlar natijasida ushbu shaxs 06.01.1996 yilda tug‘ilgan M.A.G. ekanligi aniqlangan. U Yangiyo‘l shahrida istiqomat qiladi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro bunday harakatlarni doimiy ravishda amalga oshirib kelgan. Hozirda “Ekolog” jamoat birlashmasi tomonidan ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi uchun tegishli tartibda ariza tayyorlanmoqda.
‼️ Ushbu shaxs o‘zining xususiy uyida muntazam ravishda itlarni, jumladan o‘zining itlarini ham, shafqatsizlarcha o‘ldirib, ularning go‘shtini iste’mol qilib kelgan. Ishongan, yonida yashagan va xiyonatni kutmagan jonivorlarni. Bundan tashqari, u bu itlardan tug‘ilgan kuchukchalarni ham so‘ygan.
Voqea joyiga volontyorlar va hayvonlarni himoya qiluvchilar mahalla nozirlari bilan birga yetib kelganida, uyda uning onasi va singlisi ham bo‘lgan. Ular sodir bo‘layotgan voqealardan chin dildan larzaga tushishgan. Ona oxirigacha o‘g‘lining bunday ishni qilishi mumkinligiga ishonishni istamagan. Hatto unga videoyozuvlar ko‘rsatilgandan keyin ham inkor davom etgan.
Mutasaddilar yana bir bor eslatib o‘tadiki, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish yoki ularning o‘limiga sababchi bo‘lish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunday holatlar uchun jarima bilan bir qatorda, ozodlikni cheklash kabi jazolar ham nazarda tutilgan.
Hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik — bu nafaqat axloqiy muammo, balki qonun bilan jazolanadigan huquqbuzarlik ekanini unutmaslik lozim.