Ma’lumki, Qizil kitobga kiritilgan hayvonot dunyosi vakillarini ovlash, sotish va ulardan tijorat maqsadida foydalanish qonunchilikka zid hisoblanadi. Shunday ekan, mazkur holat nafaqat ekologik muammo, balki huquqiy mas’uliyat masalasini ham o‘rtaga qo‘ymoqda.

Jamoatchilikni yana bir savol tashvishga solmoqda: nega shu paytgacha Toshkent viloyati ekologiya boshqarmasi tomonidan ushbu choyxona faoliyatiga nisbatan aniq, ochiq va huquqiy baho berilmadi? Qachon noqonuniy ov va savdo holatlariga chek qo‘yiladi?
Mazkur masala yuzasidan mas’ul idoralar tomonidan tezkor tekshiruv o‘tkazilishi, qonunbuzarlik tasdiqlangan taqdirda esa qat’iy choralar ko‘rilishi zarur. Aks holda, noyob va muhofazaga muhtoj turlar yo‘qolib ketish xavfi ostida qolaveradi.