Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi granti asosida amalga oshirilmoqda. Loyiha mamlakatda ekologik muammolarni yoritishda OAV, blogerlar va fuqarolik jamiyati vakillarining bilim va kasbiy salohiyatini oshirishni maqsad qilgan.
O‘quv mashg‘ulotlari Nukus shahrida joylashgan nodavlat notijorat tashkilotlar uyining majlislar zalida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jurnalistlar, blogerlar hamda fuqarolik jamiyati faollari ishtirok etishdi.
Treningni “Ekolog” jamoat birlashmasi direktori Nargis Qosimova hamda tashkilot matbuot kotibi Feruzbek Sayfullayev olib bordi. Ular ishtirokchilarga ekologik korrupsiya mavzusi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar taqdim etdilar.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar uchun quyidagi dolzarb masalalar yuzasidan batafsil tushuntirish va muhokamalar tashkil etildi:
-
“Ekologik korrupsiya nima?”
-
“U qanday shakllanadi va qanday ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi?”
-
“O‘zbekistonda ekologik muammolarning korrupsiya bilan bog‘liq jihatlari”
-
“Ekologik korrupsiyani aniqlash va uni yoritishda OAVning roli”
Trening interaktiv tarzda o‘tkazilib, ishtirokchilar savol-javoblar va amaliy misollar orqali mavzuni chuqurroq o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘lishdi.
Tadbir davomida jurnalistlar va blogerlarning ekologik muammolarni yoritishdagi roli, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Tashkilotchilar fikriga ko‘ra, bunday treninglar ekologik korrupsiyaga qarshi kurashda ochiqlik va shaffoflikni oshirish, shuningdek, jamiyatda ekologik mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qiladi.