Davlat xavfsizlik xizmati telegram kanalida xabar berilishicha, bugungi kunda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tizimli va keng qamrovli islohotlar olib borilib, barcha davlat idoralari hamda tashkilotlarida komplaens xizmati yo‘lga qo‘yildi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ushbu illatga qarshi yanada keskin choralar ko‘rish topshirildi.