Ushbu Memorandum doirasidagi hamkorlik faoliyati quyidagicha amalga oshiriladi:

1. Orolboʻyi va boshqa hududlarda aholining ekologik madaniyatini oshirish boʻyicha qoʻshma taʼlim loyihalarini amalga oshirish;
2. Atrof-muhit muammolarini hal qilish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va aholi, ayniqsa, O'zbekiston va AQSh yoshlari o'rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida hamkorlikni mustahkamlash;
3. Ushbu hamkorlik doirasida ishlab chiqilgan storitelling va jurnalistik materiallar arxivini yaratish;
4. Orolbo‘yi mintaqasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida tajriba almashish va do‘stona aloqalarni mustahkamlash;
5. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda ekologik ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun grant arizalarini topshirishda birgalikda ishtirok etish.
Tomonlar hamkorligi tomonlarga tegishli boʻlgan onlayn media platformalarida jurnalistik maqolalarni chop etish, ekologiya boʻyicha jurnalistik materiallarni tarjima qilish, ekologiya boʻyicha seminarlar, munozaralar va darslar oʻtkazish, ekologik muammolarni hal qilishda samarali muloqot va innovatsiyalar boʻyicha treninglar tashkil etish, Qoraqalpogʻistonning qishloq joylaridagi yoshlar uchun yangi ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda O‘zbekiston va AQSh ekspertlari ishtirokida mentorlik dasturini ishlab chiqishdan iborat.