Özbekistonda quyoş energetikasining jadal rivojlanişi mamlakatning yaşil iqtisodiyotga ötiş yölidagi muhim qadamlardan biridir. Quyoşli kunlarning köpligi, tabiiy salohiyat va energiyaga bölgan talabning ortib borişi uşbu sohani rivojlantiriş uçun katta imkoniyat yaratmoqda. Ammo quyoş panellarini örnatiş imkoniyati hamma uçun ham birdek emas. Daromadi yuqori oilalar uçun bu uzoq muddatli investitsiya bölsa, kam va örtaça daromadli xonadonlar uçun jiddiy moliyaviy muammoga aylanişi mumkin. Demak, yaşil energetikaga ötiş faqat texnologik yangilaniş emas. Bu, avvalo, iqlim adolati va ijtimoiy tenglik masalasidir.
Sönggi yillarda global haroratning kötarilişi, suv tanqisligi, qurğoqçilik va ekstremal ob-havo hodisalari Markaziy Osiyo mamlakatlariga ham sezilarli ta’sir körsatmoqda. Özbekiston ham iqlim özgarişining salbiy oqibatlariga sezgir hududlardan biri hisoblanadi. Yozda jazirama haroratning kuçayişi elektr energiyasiga talabni oşirayotgan bölsa, suv resurslarining kamayişi va çöllaniş jarayonlari iqtisodiyotning turli tarmoqlariga qöşimça bosim ötkazmoqda. Bunday şaroitda energetika tizimini diversifikatsiya qiliş, qazilma yoqilğiga qaramlikni kamaytiriş va qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş strategik ahamiyat kasb etadi. Quyoş energetikasi uşbu muammolarni yumşatişning istiqbolli yönalişlaridan biridir. Quyoş panellari elektr energiyasini işlab çiqariş jarayonida bevosita yoqilği yoqmaydi. Natijada tabiiy gaz va kömir asosida elektr işlab çiqariş hajmining qisqarişi atmosferaga çiqariladigan issiqxona gazlari miqdorini kamaytirişga xizmat qiladi. Energetika sohasi eksperti Temur Ahmedovning fikriça, Özbekistonda işlab çiqarilgan bir kilovatt-soat quyoş elektr energiyasi örtaça 400 gramm CO₂ çiqindisining oldini oliş imkonini beradi. Uning ta’kidlaşiça, quyoş energetikasining ekologik samarasi faqat elektr stansiyalarida yoqilği yoqilmasligi bilan çeklanmaydi. Qazilma yoqilğini qazib oliş, qayta işlaş va taşiş jarayonlarining atrof-muhitga ta’siri ham kamayadi. Ekspert quyoş energetikasining ikki asosiy yönalişiga ham e’tibor qaratadi: fotoelektrik panellar orqali elektr energiyasi işlab çiqariş va quyoş kollektorlaridan foydalanib issiqlik oliş. Ayniqsa, suv va binolarni isitişda quyoş termik tizimlaridan foydalaniş energiya sarfini kamaytirişning samarali usullaridan biri bölişi mumkin. Biroq ekologik manfaatning özi texnologiyaning keng ommalaşişi uçun yetarli emas. Aholi uçun uning iqtisodiy jihatdan qançalik qulayligi ham hal qiluvçi ahamiyatga ega.
Yaşil energiya nega hamma uçun hamyonbop emas?
Quyoş panellarining narxi sönggi yillarda sezilarli darajada pasaygan. Temur Ahmedovning ta’kidlaşiça, Özbekistonda sönggi beş yil içida quyoş energetikasi tizimlari narxi 60 foizdan ziyodga arzonlaşgan. Jahon bozorida esa quyoş energiyasi texnologiyalarining narxi 2005-yildan buyon qariyb ön barobar kamaygan. Şunga qaramay, texnologiyaning arzonlaşişi uning barça oilalar uçun hamyonbop bölib qolganini anglatmaydi. 2026-yilgi bozor takliflari böyiça keltirilgan taxminiy hisob-kitoblarga köra, 3 kVt quvvatli oddiy quyoş elektr tizimini örnatiş 12–16 million söm, akkumulyatorli gibrid tizim esa 20–26 million söm atrofida bölişi mumkin. 5 kVt quvvatli tizimning narxi 18–25 million söm, akkumulyatorli varianti esa 30–42 million sömgaça yetadi. Albatta, bu narxlar uskunalar sifati, invertor, akkumulyator, montaj işlari va texnik şaroitlarga qarab özgaradi. Ammo bir haqiqat ayon: köplab oilalar uçun bunday xarajatlar oilaviy budjetning katta qismini taşkil etadi.
Ayniqsa, farzandlari kontrakt asosida tahsil olayotgan, daromadining katta qismini oziq-ovqat, ta’lim, kommunal xizmatlar va kundalik ehtiyojlarga sarflaydigan oilalar uçun quyoş panellarini xarid qiliş oson emas.
Jizzax viloyatida yaşovçi Malika Akmalovaning oilasi bunga misol böla oladi. Uning uç nafar farzandi bor. Ikki farzandi oliy ta’lim muassasalarida kontrakt asosida öqiydi, yana biri maktabda tahsil oladi. Oilaning jami oylik daromadi 12 million söm atrofida.
-Men bir neça bor quyoş panellarini örnatiş haqida öylaganman. Buning ekologik jihatdan foydali ekanini yaxşi tuşunaman. Ammo panellarning narxini hisoblab körganimda, oilaviy şaroitim bunga imkon bermasligini anglayman. Farzandlarimning ta’limi, qöşimça maşğulotlari va kundalik ehtiyojlari uçun oyiga kamida 6 million sömdan ortiq mablağ sarflaymiz. Qolgan puldan boşqa xarajatlarni ham qoplaşimiz kerak. Men ham elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirişni, toza energiyadan foydalanişni istayman. Ammo buning uçun quyoş panellari oddiy oilalar uçun ham hamyonbop bölişi kerak, - deydi Malika Akmalova.
Bu misol bir oilaning moliyaviy muammosinigina emas, balki yaşil energetikaga ötişdagi ijtimoiy tafovutni ham körsatadi. Çunki quyoş panellaridan foydalaniş imkoniyati köp jihatdan oilaning daromadi va kredit oliş qobiliyatiga boğliq. Daromadi doimiy bölmagan oilalar uçun esa vaziyat yanada murakkab. Kunlik mehnat hisobiga daromad topadigan fuqarolar uzoq muddatli kredit majburiyatlarini olişdan çöçiydi. Ularning birinçi navbatdagi vazifasi quyoş paneli sotib oliş emas, balki oilaning kundalik ehtiyojlarini ta’minlaşdir. Şunday ekan, yaşil texnologiyalarni ommalaştiriş siyosati faqat ularni xarid qilişga qodir aholi qatlamiga tayanmasligi lozim.
Quyoş panellari: tejamkorlikmi yoki uzoq muddatli moliyaviy majburiyat?
Quyoş energetikasining iqtisodiy samaradorligi haqida gap ketganda, köpinça elektr xarajatlarining kamayişi va tizimning özini qoplaş muddati asosiy dalil sifatida keltiriladi. Temur Ahmedovning fikriça, töğri loyihalaştirilgan va ortiqça quvvat bilan jihozlanmagan quyoş tizimi 5–6 yil içida özini qoplaşi mumkin. Buning uçun esa dastlab xonadonning energiya iste’molini tahlil qiliş va energiya samaradorligini oşiriş zarur. Masalan, derazalardan issiq yoki sovuq havoning çiqib ketişi, muzlatkiç eşigidagi ziçlagiçlarning eskirişi, samarasiz maişiy texnikalardan foydalaniş elektr energiyasi sarfini oşiradi. Bunday muammolar bartaraf etilmasa, xonadon ehtiyojidan ortiqça quvvatdagi quyoş tizimini sotib olişga majbur bölişi mumkin. Ekspertning ta’kidlaşiça, oddiy, ikki-uç farzandli oilaning energiya ehtiyojini qoplaş uçun ayrim holatlarda 2,5–3 kVt quvvatli tizim ham yetarli bölişi mumkin. Biroq bu körsatkiçni barça xonadonlarga birdek tatbiq etib bölmaydi. Çunki elektr sarfi, yaşaş şaroiti, maişiy texnika soni va energiyadan foydalaniş odatlari har xil. Quyoş tizimining iqtisodiy samaradorligini baholaşda yana bir muhim jihat uning qanday işlaşidir. Oddiy tarmoqqa ulangan tizim bilan akkumulyatorli gibrid tizimning narxi va imkoniyatlari bir xil emas. Akkumulyator elektr energiyasini saqlaş imkonini beradi, ammo dastlabki xarajatlarni oşiradi. Bundan taşqari, uning xizmat muddati va almaştiriş xarajatlari ham hisobga olinişi kerak. Şu bois quyoş panellarini sotib olişdan oldin xonadonning yillik energiya iste’moli, quyoş nurlanişi, tarmoqqa uzatiladigan ortiqça energiya hajmi, elektr tariflari, kredit foizlari va texnik xizmat xarajatlari hisoblab çiqilişi zarur. Afsuski, bozorda sifatsiz uskunalar taklif qilinişi yoki montaj işlarining talab darajasida bajarilmasligi ham uçramoqda. Ayrim iste’molçilar panellar kutilganidan kam energiya işlab çiqarişi, invertorlar yoki boşqa qismlar qisqa muddatda işdan çiqişi haqida şikoyat qilmoqda. Demak, quyoş energetikasini rivojlantiriş bilan bir qatorda, uşbu bozorda sifat nazorati, iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş va malakali mutaxassislar tayyorlaş tizimini kuçaytiriş ham zarur.
«Quyoşli xonadon»: imkoniyatlar va mavjud çeklovlar
Özbekistonda aholining qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanişini rağbatlantiriş maqsadida bir qator mexanizmlar joriy etilgan. Şulardan biri 2023-yil 1-apreldan amalga oşirilayotgan «Quyoşli xonadon» dasturidir. Dasturga muvofiq, xonadonlarda quyoş panellari orqali işlab çiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan ortiqça elektr energiyasining har bir kilovatt-soati uçun jismoniy şaxslarga 1000 sömdan subsidiya tölanadi. Energetika vazirligi ma’lumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida 70,7 ming nafar fuqaro elektr tarmoqlariga uzatilgan quyoş energiyasi uçun jami 642,1 milliard sömdan ortiq subsidiya olgan. Bu körsatkiç aholining kiçik quyoş energetikasi loyihalariga qiziqişi ortayotganini körsatadi. Biroq subsidiya mexanizmining mavjudligi barça oilalar undan foydalana oladi, degani emas. Çunki ortiqça elektr energiyasini sotiş uçun, avvalo, quyoş tizimini xarid qiliş va örnatiş imkoniyati bölişi kerak. Bu yerda davlat siyosatining muhim vazifasi yuzaga çiqadi: faqat quyoş energiyasini işlab çiqarayotgan fuqarolarni rağbatlantiriş emas, balki bunday tizimni sotib olişga qodir bölmagan oilalar uçun ham imkoniyat yaratiş.
Prezidentning 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-son Farmonida 2026-yil 1-fevraldan «davlat ta’minotidagi oila» toifasiga kiritilgan xonadonlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan alohida mexanizm nazarda tutilgan. Unga muvofiq, belgilangan talablarga javob beruvçi oilalarning xonadonlariga 7–10 kVt quvvatli quyoş panellarini örnatiş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravarigaça subsidiya ajratilişi közda tutilgan. Bu taşabbus ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni yaşil energetikaga jalb qiliş nuqtayi nazaridan muhim. Biroq bunday yordamning amaliy samarasi uning kimlarga yetib borişi, murojaat qiliş tartibining soddaligi, subsidiya ajratiş şartlarining oçiqligi va uskunalarning sifatiga boğliq. Yana bir muhim jihat şundaki, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga har doim ham 7–10 kVt quvvatli tizim zarur bölmasligi mumkin. Yordam miqdori va tizim quvvati oilaning haqiqiy ehtiyojidan kelib çiqib belgilanişi maqsadga muvofiq. Aks holda, davlat mablağlari samarasiz sarflanişi yoki oilalar uçun ortiqça texnik va moliyaviy majburiyat yuzaga kelişi ehtimoli bor.
Xalqaro ekspert Temur Ahmedov ham quyoş energetikasini rivojlantirişda subsidiyalarni taqsimlaş mexanizmlariga alohida e’tibor qaratadi. Uning fikriça, davlat tomonidan oldindan tanlangan kompaniyalarning uskunalarini majburiy xarid qilişga asoslangan dasturlar raqobatni çeklaşi va narxlarning oşişiga olib kelişi mumkin. Ekspert uzoq muddatli moliyalaştiriş, raqobatga asoslangan bozor mexanizmlari va oilalarga öz ehtiyojidan kelib çiqib tizim tanlaş imkoniyatini beriş tarafdori. Uning yondaşuvida kam daromadli oilalarga bir martalik xayriya yordami körsatişdan köra, ularning energiya xarajatlarini kamaytiradigan va iqtisodiy mustaqilligini oşiradigan mexanizmlarni yaratiş muhim.
Energiya kambağalligi: közga körinmaydigan ijtimoiy muammo
Yaşil energetikaga ötiş jarayonida köpinça işlab çiqarilgan elektr energiyasi hajmi, yangi stansiyalar soni va örnatilgan panellarning quvvati haqida gapiriladi. Ammo energetika siyosatining inson hayotiga ta’sirini baholaşda yana bir muhim körsatkiç energiya kambağalligi ham e’tiborga olinişi kerak. Energiya kambağalligi deganda xonadonning kundalik ehtiyojlari uçun zarur bölgan elektr energiyasi, isitiş va sovitiş xizmatlaridan yetarli darajada hamda maqbul narxda foydalana olmasligi tuşuniladi. Elektr tarmoğiga ulanganlik har doim ham energiyadan tölaqonli foydalaniş imkoniyatini anglatmaydi. Ayrim oilalar elektr energiyasi uçun tölovlarni kamaytiriş maqsadida konditsioner, isitiş moslamalari yoki boşqa zarur qurilmalardan foydalanişni çeklaşga majbur böladi.
Daromadi doimiy bölmagan oilalarda esa quyoş panellari uçun mablağ ajratiş yanada murakkab. Suhbatlaşgan fuqarolarimizdan biri buni quyidagiça izohladi:
Men şofyorlik qilaman. Oylik daromadim ham bir xil emas, asosan kunlik topadigan pulimga boğliq. Şu sababli hozirgi şaroitimda quyoş panellarini örnatiş men uçun ma’qul emas. Çunki farzandlarim hali yoş, ularning kundalik ehtiyojlari va tarbiyasi uçun ham mablağ sarflaşim kerak. Şuning uçun hozirça quyoş paneli örnatişni moliyaviy jihatdan kötara olmayman, — deydi suhbatdoşimiz.
Jazirama yoz kunlarida konditsioner ayrim oilalar uçun oddiy maişiy qulaylik bölsa, boşqalar uçun ortiqça xarajat manbaidir. Bu esa iqlim özgarişiga moslaşiş imkoniyatlari ham aholining iqtisodiy ahvoliga boğliqligini körsatadi. BMT Taraqqiyot dasturining 2025-yil dekabrida e’lon qilingan hisobotida ham Özbekistonda energiyadan foydalaniş imkoniyatlari va aholining moliyaviy ahvoli örtasidagi tafovutlar tahlil qilingan. Unda ayrim oilalarning uy-joyini yetarli darajada isitiş imkoniyatiga ega emasligi, kam daromadli xonadonlarda esa energiya xarajatlari oilaviy budjetning sezilarli qismini egallaşi qayd etilgan. Energetika sohasidagi taraqqiyotni faqat qança elektr energiyasi işlab çiqarilayotgani bilan emas, balki uning aholi uçun qançalik arzon, barqaror va qulay ekanligi bilan ham baholaş zarur.
Iqlim adolati va gender tengligi: ayollar yaşil ötiş jarayonining faol iştirokçisiga aylanişi kerak
Iqlim özgarişi jamiyatning barça qatlamlariga bir xil ta’sir körsatmaydi. Kam daromadli oilalar, qişloq aholisi, yolğiz ayollar va ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar ekologik xavflarga köproq duç kelişi mumkin. Suv ta’minotidagi uzilişlar, elektr energiyasi narxining oşişi, qurğoqçilik va jazirama harorat, avvalo, kundalik uy xöjaligini yuritiş mas’uliyatini zimmasiga olgan insonlarning mehnatini oğirlaştiradi.
Bu jarayonda ayollar köpinça qöşimça yukni öz zimmasiga olişiga töğri keladi. Şu bilan birga, yaşil energetikaga ötiş jarayonida ayollarning iştiroki masalasi ham yetarliça e’tibor talab qiladi. Oilada energiya resurslaridan foydalaniş, kommunal xarajatlarni tejaş, maişiy ehtiyojlarni rejalaştirişda ayollarning roli katta. Ammo ayrim xonadonlarda kredit oliş, quyoş panellarini xarid qiliş yoki yangi texnologiyalarni joriy etiş kabi moliyaviy qarorlarni qabul qilişda ularning iştiroki çeklangan bölişi mumkin. Bu holat yaşil energetika siyosatida gender yondaşuvini kuçaytiriş zarurligini körsatadi.
Ekspert Nodira Alimovaning ta’kidlaşiça, ayollarni faqat energiya tejovçi texnologiyalardan foydalanuvçi sifatida köriş notöğri. Ular ekologik taşabbuslarni işlab çiqiş, mahalliy qarorlar qabul qiliş, yaşil tadbirkorlikni rivojlantiriş va qayta tiklanuvçi energiya sohasida yangi kasblarni egallaş jarayonining teng huquqli iştirokçilari bölişi kerak.
Buning uçun xotin-qizlar örtasida quyoş energetikasi, energiya samaradorligi va yaşil iqtisodiyot böyiça öquv dasturlarini kengaytiriş, ularga imtiyozli kreditlar va grantlar ajratiş, ayollar boşçiligidagi oilaviy xöjaliklarni qöllab-quvvatlaş zarur. Iqlim adolati deganda faqat ekologik xavflarning teng taqsimlanişi emas, balki ularni kamaytiriş imkoniyatlaridan ham teng foydalaniş tuşuniladi. Şu ma’noda gender tengligi yaşil iqtisodiyotga ötiş siyosatining ajralmas qismiga aylanişi lozim.
Aholining xabardorligi: reklama emas, işonçli ekologik ma’rifat zarur
Quyoş energetikasining rivojlanişi aholining uşbu texnologiyalar haqidagi bilim va tuşunçalariga ham bevosita boğliq. Bugungi kunda fuqarolarning quyoş panellariga qiziqişi ortib borayotgan bölsa-da, xabardorlik darajasi hali bir xil emas. Ayrim fuqarolar quyoş panellarining imkoniyatlari, ularni örnatiş tartibi, iqtisodiy samaradorligi, davlat imtiyozlari va subsidiyalari haqida yetarli ma’lumotga ega emas. Ba’zilar tizimning quvvatini qanday tanlaş, qança elektr işlab çiqarişi, texnik xizmat körsatiş va ta’mirlaş xarajatlari nimalardan iborat ekanini bilmaydi. Bu yerda ekologik kommunikatsiyaning örni alohida ahamiyat kasb etadi. Aholiga şunçaki quyoş panellarini örnatiş zarurligini tuşuntiriş yetarli emas. Odamlarga uşbu texnologiyaning real imkoniyatlari, afzalliklari, çeklovlari va ehtimoliy xavflari haqida xolis axborot berilişi kerak.
Quyoş panellari örnatilgan xonadonlarning haqiqiy tajribasini ommalaştiriş, mahallalarda amaliy seminarlar taşkil etiş, texnik masalalarni sodda tilda tuşuntiriş, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar haqida oçiq ma’lumot beriş bu boradagi muhim vazifalardandir. Ayniqsa, ayollar va yoşlarni muqobil energiya manbalari böyiça öqitiş, ularni ekologik loyihalarga jalb etiş lozim. Ekologik jurnalistika va jamoatçilik bilan aloqalar tizimi ham bu jarayonda muhim rol öynaydi. Ommaviy axborot vositalari quyoş energetikasini faqat muvaffaqiyatli loyihalar va ijobiy statistikalar orqali yoritiş bilan çeklanmasligi kerak. Texnologiyani örnatişdagi muammolar, sifatsiz uskunalar, kredit majburiyatlari, subsidiyalardan foydalanişdagi tösiqlar va aholining real ehtiyojlari ham jamoatçilik muhokamasiga olib çiqilişi zarur. Çunki işonçli axborot ekologik madaniyatni şakllantirişning asosiy şartlaridan biridir.
Quyoş energetikasi atmosferaga çiqariladigan issiqxona gazlarini kamaytirişga xizmat qilişi bilan muhim.
Biroq uni mutlaqo ekologik ta’sirsiz texnologiya sifatida baholaş ham töğri emas. Quyoş panellarini işlab çiqariş, taşiş va örnatiş jarayonlari energiya hamda tabiiy resurslarni talab qiladi. Panellarning xizmat muddati çeklangan bölib, köpçiligi 20–25 yil va undan köproq foydalanişga möljallangan. Vaqt ötişi bilan ularning samaradorligi pasayadi va ayrim qismlari yaroqsiz holga keladi. Şu örinda Özbekiston oldida yana bir muhim vazifa turibdi: bugun örnatilayotgan minglab quyoş panellari kelajakda qanday yiğiladi, qayta işlanadi va utilizatsiya qilinadi? Panellarning katta qismini taşkil etuvçi şişa, alyuminiy va kremniy kabi materiallarni qayta işlaş imkoniyati mavjud. Ammo buning uçun maxsus texnologiyalar, qayta işlaş korxonalari va xavfsiz yiğiş tizimi talab etiladi. Akkumulyatorli tizimlarda esa işlaş muddati tugagan batareyalarni yiğiş va zararsizlantiriş masalasi ham dolzarbdir. Xalqaro tajribada uşbu muammoni hal qiliş uçun işlab çiqaruvçi va importyorlarning kengaytirilgan mas’uliyati mexanizmlaridan foydalaniladi. Bunda mahsulotni bozorga yetkazib beruvçi kompaniyalar uning foydalaniş muddati tugagaç, yiğilişi va qayta işlanişida ham mas’uliyatni öz zimmasiga oladi. Özbekistonda ham quyoş energetikasini rivojlantiriş bilan bir vaqtda texnologik çiqindilarni boşqariş tizimini yaratiş zarur. Aks holda, bugun ekologik muammolarning yeçimi sifatida qaralayotgan texnologiyalar ertaga yangi çiqindi muammolarini yuzaga keltirişi mumkin.
Yashil kelajak kimlar uchun?
Quyoş energetikasi Özbekiston uçun katta imkoniyat. U qazilma yoqilğiga qaramlikni kamaytiriş, atmosferaga çiqariladigan issiqxona gazlari hajmini qisqartiriş, energetika xavfsizligini mustahkamlaş va aholining elektr energiyasiga bölgan ehtiyojini qondirişga xizmat qilişi mumkin. Biroq bu jarayonning haqiqiy samarasi faqat qurilgan quyoş elektr stansiyalari, örnatilgan panellar yoki işlab çiqarilgan elektr energiyasi hajmi bilan ölçanmasligi kerak. Eng muhim mezonlardan biri uşbu imkoniyatlardan oddiy fuqarolar qançalik foydalana olayotganidir. Buning uçun, birinçidan, kam daromadli oilalar uçun qaytarilmaydigan subsidiyalar va uzoq muddatli, imtiyozli moliyalaştiriş mexanizmlarini kengaytiriş zarur. Bunda yordam oilaning real ehtiyoji va moliyaviy imkoniyatiga moslaştirilişi kerak. Ikkinçidan, quyoş panellarini örnatiş bilan bir qatorda, uy-joylarning energiya samaradorligini oşiriş dasturlarini rivojlantiriş lozim. Çunki energiya isrofini kamaytirmasdan turib, faqat yangi elektr işlab çiqariş quvvatlarini köpaytiriş kutilgan iqtisodiy samarani bermasligi mumkin. Uçinçidan, quyoş energetikasi bozorida texnik sifat nazoratini kuçaytiriş, iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş va malakali mutaxassislar tayyorlaş zarur. Törtinçidan, ayollar, yoşlar va qişloq aholisi uçun ekologik ma’rifat va kasbiy tayyorgarlik dasturlarini kengaytiriş, ularning yaşil iqtisodiyotdagi iştirokini rağbatlantiriş kerak. Beşinçidan, quyoş panellari va akkumulyatorlarni yiğiş, qayta işlaş hamda xavfsiz utilizatsiya qiliş böyiça milliy infratuzilmani hozirdanoq şakllantiriş lozim. Oltinçidan, ekologik siyosatning natijalarini baholaşda ijtimoiy körsatkiçlarga ham ustuvor ahamiyat beriş kerak. Masalan, qayta tiklanuvçi energiyadan foydalana boşlagan kam daromadli oilalar soni, energiya xarajatlarining qisqarişi, ayollarning qaror qabul qilişdagi iştiroki va energiya kambağalligining kamayişi şular jumlasidandir.
Bugun yaşil energetikaga ötiş jarayonida eng katta xavf şundaki, ekologik toza texnologiyalar faqat moliyaviy imkoniyati yuqori bölgan qatlam uçun qulay imkoniyatga aylanişi mumkin.
Bunday vaziyatda yaşil iqtisodiyot mavjud ijtimoiy tafovutlarni bartaraf etiş örniga, ularni yanada çuqurlaştirişi ehtimoli bor. Şuning uçun quyoş energiyasini rivojlantiriş siyosati nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki ijtimoiy adolat tamoyillariga ham asoslanişi zarur. Zero, iqlim adolati bu faqat ekologik xavflardan himoyalaniş emas, balki ularni kamaytirişga xizmat qiladigan imkoniyatlardan ham teng foydalanişdir.
Quyoş energiyasi haqiqatan ham barqaror kelajak manbaiga aylanişi uçun uning foydasi faqat atmosferaga çiqariladigan zararli gazlarning kamayişida emas, balki oddiy oilalarning turmuş sifati yaxşilanişida, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlari kengayişida va har bir fuqaroning munosib hayot keçiriş huquqi ta’minlanişida ham namoyon bölişi kerak. Çunki yaşil kelajak faqat quyoş panellarini sotib olişga qurbi yetadiganlar uçun emas, balki jamiyatning har bir a’zosi uçun oçiq bölgandagina haqiqiy taraqqiyotga aylanadi.
Davron Ergaşev


