Buxoro shahridagi «jonzotlar qamoqxonasi»ga aylanib borayotgan hayvonot bog‘ida... Mintaqamizda atrof-muhitni muhofaza qilish, flora va faunani asrash, hayvonot olamiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, bu borada tizimli islohotlar, yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Mamlakat miqyosida tabiatga va tirik jonzotlarga insoniy munosabatda bo‘lish, ekologik madaniyatni yuksaltirish, biologik xilma-xillikni asrash borasida muhim chora-tadbirlar ishlab chiqilayotgan bir paytda Buxoro shahridagi hayvonot bog‘i ochiqchasiga beshafqatlik va beparvolik ko‘rgazmasiga aylanib bo‘lgan. «Tirik muzey»ning achinarli ahvoli nafaqat ekologiya va jamiyat normalariga, balki insoniylik, rahm-shafqat va vijdon tamoyillariga ham tamomila ziddir.