Inson qadri, bolaga bo‘lgan mehr va uning kelajagiga mas'uliyat tuyg‘usi jamiyatning eng muhim mezonlaridan biridir. 2004 yilda tashkil etilgan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi aynan shu ezgu g‘oyalar asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Markazning asosiy maqsadi — hayotiy qiyin vaziyatga tushib qolgan, yetimlik, nogironlik, zo‘ravonlik yoki ijtimoiy xavf tufayli qiyinchilikka duch kelgan bolalarga nafaqat tibbiy, balki ruhiy va ijtimoiy jihatdan ham qo‘llab-quvvatlash muhitini yaratishdir.
Xotira — faqat insonlar haqida emas. Urush yillarida frontda faqat insonlar emas, hayvonlar ham jang qilgan. Ular minalarni topgan, xabarlar yetkazgan, yaradorlarni qutqargan va ba’zan inson qo‘lidan kelmaydigan vazifalarni bajargan. Millionlab insonlar hayotining saqlanib qolishida ana shu jonzotlarning ham ulkan hissasi bor edi…
Daryo o‘zanidan noqonuniy qum-shag‘al olish natijasida Zarafshon daryosi sathi 8–10 metrga pasayib ketmoqda. Bu esa milliy bog‘ hududidagi o‘simlik va hayvonot dunyosiga jiddiy zarar yetkazib, tabiiy ekotizimning buzilishiga olib kelishi mumkin.
Angren shahridagi hayvonlarni vaqtincha saqlash maskanida yana itlarning zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi. Ko‘ngillilar va hayvon himoyachilarining aytishicha, boshpanadagi barcha itlar zaharlangan.
So‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlarda “arab shayxlari O‘zbekistonga kelib, noyob qushlarni ovlayapti”, “nega ularga mumkin-u, mahalliy aholiga taqiqlar qo‘yiladi?” degan gaplar tez-tez tarqalmoqda. Ammo haqiqat har doim ham internetdagi shov-shuvlarga mos kelavermaydi. Shu savollarga javob topish maqsadida ekolog.uz jamoasi Navoiy viloyati Karmana tumaniga yo‘l oldi.
Isroil Qatar poytaxti Dohadagi Hamas shtab-kvartirasiga bir necha bor zarba berdi. Operatsiyaning nishoni Hamas rahbariyati vakillari edi.
Muharririyat tayyorlagan chuqur tahliliy materiallar, faktlar va dalillar asosida o‘tkazilgan surishtiruvlar to‘plami.